qorala
bilan ulashing
1. Qora tus bermoq, qora tusga kiritmoq, qora rang bilan boʻyamoq, qora qilmoq.
-
Matoni qoralamoq. Oynani qoralab, quyosh tutilishini kuzatmoq.
-
Mototsikl yerga agʻanagancha, benzini toʻkilib, qor yuzini qoraladi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Qoralama matnni, nusxasini tayyorlamoq, qogʻozga tushirmoq.
-
Burnogʻi yili bir roman qoralovdim, uka. Qoralama chang bosib yotuvdi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Ishning boshida, rasmlarning chizgilarini qoralab, ora-sira chalgʻish uchun shamdonlarni doʻqillatib yasab yurgan kezlarida ustaxonasiga Abdumalik kirib keldi. Yoshlik
3. koʻchma Ayblab, yomonlab gapirmoq yoki yozmoq.
-
Bu bilan men Zokir ota bilan Roʻzimatni qoralab, oʻzimni oqlamoqchi emasman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ahmedov oʻz soʻzida yangi direktorning oʻqituvchilarni yomon va yaxshiga ajratib olganligini qoraladi. S. Zunnunova, Olov
4. Koʻzdan qochirmay, qorasiga qarab, qorasini olib yurmoq, qorama-qora bormoq.
-
[Zikir] Ayolga uzoqdan salom ishorasini bildirgach, tollar orqasidan yurib, uni qoralab kelaverdi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Ergash aka izni qoralab, uch-toʻrt qadam bosdilar-u, toʻxtab qoldilar. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
5. Son-miqdor bildiruvchi soʻz bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan yoshga yaqinlashishni bildiradi.
-
Saksonni qoralagan chol.
-
Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi. S. Siyoyev, Otliq ayol
qorala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qalamni qoralamoq
-
Anvar ham muloyimgina kulumsirab olgach yana qalamini qoralab, qogʻoz ustiga bir-ikki kalima yozdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qogʻozni qoralamoq
-
Xat yozmading, deya koyi-ma meni, Qogʻoz qoralashga tegmaydi koʻlim. Uygʻun
-
Undan ancha kichik ukasi ham, unga taqlid qilib, qogʻoz qoralardi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
QORALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar