inobat
bilan ulashing
1. Ishonch; ishonish; hisoblash, tushunish.
-
Uning oʻziga ham, soʻziga ham endi inobat qolmagandi. A. Hakimov, Ilon izidan
2. Nazar-eʼtibor.
3. Inobat (xotin-qizlar ismi).
inobat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Inobat qilmoq
-
Majlisga yigʻilganlardan Yusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar, qushbegining pir deb inobat qilgan odamlari boʻlganligi uchun bu taklifni boʻyniga oldi [Normuhammad qushbegi]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Inobatga olmoq
-
Oʻylab ish qiling. hukumatimiz ham oʻsha norasidalarning koʻz yoshini inobatga oladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Siz tuzgan planda Botirovning kartasi inobatga olinmagan, — dedi Nikolayev Karimovga. B. Rahmonov, Oltin odamlar
-
Endi oʻsha odamlarning gapini, xohlasa —
-
inobatga oladi, xohlamasa — yoʻq. O. Yoqubov, Larza
Inobatga oʻtmoq
-
Usmonxoʻjaning oʻgʻli binoyidek mirza boʻlib qolibdi, yozgan arizasi har yerda inobatga oʻtayotgan emish, degan gaplar yurib qoldi. N. Safarov, Olovli izlar
INOBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНОБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
inobat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar