insof
bilan ulashing
Adolat va vijdon bilan ish tutish tuygʻusi, ishda, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik.
-
Man kuchimni, terimni toʻkay, foydasini soyaparvar boylar koʻrsin, man ikki qoʻlimni burnimga tiqib qolaveray! Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar
-
keksa Hosimbekni kamarga joylab, oʻzi [Bobur] koʻpchilik navkarlar qatori yalanglikda, qor boʻroni tagida oʻltirgani Sultonning insof va diyonat tuygʻusini uygʻota boshladi. Tafakkur
insof soʻzi qatnashgan jumlalar:
Insof bermoq
-
— Moʻmin amakimning gapi rost boʻlsa, [dadam aroqni] xudo insof bergan kuni tashlaydi, — dedi Said .E. Raimov, Ajab qishloq
-
Yaxshiki, kaltaklamadi. Xudo oʻzi insof berdi. P. Tursun Oʻqituvchi.
Insof bilan aytganda
-
Insof bilan aytganda, ishlar yomon emas. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Insof bilan aytganda, Yormat aka, bizga oʻxshash xizmatkorlarning shoʻri quridi. Oybek,Tanlangan asarlar
Insof kirmoq
-
Xayriyat, insof kirib qopti. S. Ahmad, Ufq
Insof qilmoq
-
— Saksonta qovunga-ya? Uch soʻm? — dehqon teskari burildi. — Insof qiling, baqqol aka! Oybek,Tanlangan asarlar
Insofga kelmoq
-
Jonfigʻon oxiri insofga kelib, shu bu yil qishda non zavodiga ishga kiribdi. A. Qahhor, Jonfigʻon.
Insofdan emas
-
Sizning otangiz sarboz emas, meʼmor, kishini qarigan chogʻlarida tashvishga solish insofdan emas. Mirmuhsin, Meʼmor
INSOF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНСОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
insof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar