intilish
bilan ulashing
1. Intilmoq feʼlining harakat nomi
-
Hayotni bilish va undan oʻzining loyiq oʻrnini topishga intilish — har bir kishining umidi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Maqsad, biror narsaga erishish yoʻlidagi harakat.
-
Millatparvar kishilar barcha adovatlarni, mansab uchun boʻlgan intilishlarni bir chetga surib qoʻyib, yangi rahbar atrofiga birlashadilar E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
-
Birinchi muvaffaqiyatsizlikdayoq oʻz maqsadi, intilishlaridan voz kechgan kishi haqiqiy ziyoli emas, u hech vaqt haqiqiy odam boʻla olmaydi. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
3. Moyillik sezgisi; mayl (ishq, sevgi haqida).
-
Qiz Sirojni sevadimi, yoʻqmi —oʻzi ham bilmas edi. Ammo koʻnglida Sirojga intilish sezib yurardi. F. Musajonov, Huri
-
Adolat oʻziga narigi mahalladagi Sulton-hoji boyning sovchi qoʻydirayotganini sezib qolgandi. Bu narsa Adolatning Usmonjonga boʻlgan intilishini kuchaytirib yubordi. S. Zunnunova, Gulxan
INTILISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНТИЛИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan INTILISH so‘ziga berilgan ma’nolar
intilish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
intilish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing