is
bilan ulashing
1. 1 Narsaning sezgi aʼzosi (burun)ga taʼsir etish xususiyati va shu taʼsir natijasida yuzaga keluvchi sezgi; hid.
-
Isi bor. Isi yoʻq.
-
Qimirlatishdan rayhonlarning oʻtkir isi oʻqtin-oʻqtin dimogʻga kelib urinar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bogʻma-bogʻ oshib esayotgan shamol dimogʻga allaqanday xushboʻy islarni olib keladi. S. Ahmad, Hukm
-
Tongda tandir qizdirildi. Non isi tarqadi. T. Malik, Ajab dunyo
2. koʻchma Darak beruvchi belgi, ishora.
-
Nizomulmulk muhim bir narsaning isini payqaganday, atrofga alanglab, indamasdan uning orqasidan yurdi. Oybek, Navoiy
-
Chogʻimda, tuhmatning isi keladiyov bu ishdan. S. Ahmad, Hukm
-
Oyoq ostidagi nam tuproqdan inson uchun juda yaqin qon-qarindoshlik isi dimogʻga urilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Juda soz, biroq, siyosiy, tarbiyaviy ishning isi ham yoʻq, — dedi Sayramov. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
is soʻzi qatnashgan jumlalar:
Is biladi
-
Oʻn chaqirimdan is biladi bu muttaham. Is olmoq Xufiyona sezmoq.
-
Shoʻrvaning isini olib, starshiy bilan ellikboshi, qorovul kirib keldi. Hamza, Paranji sirlari
Isini chiqarmaslik
-
Bizga nimani bu yurgan edinglar? Qizni olib qochish ham bir qancha vaqt isini chiqarmay saqlash, shundaymi? — Shunday. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikkita xotiningiz borligining isini ham chiqarmay, bugun uchinchi xotinga uylanyapsiz A. Muhiddin, Chap choʻntak
1. 1 U qadar quyuq boʻlmagan, koʻrinar-koʻrinmas tarzdagi tutun; dud.
-
Samovar karnayidan koʻtarilayotgan is.
2. Yonishdan hosil boʻlgan zararli (zaharli) gaz, koʻmir oksidi; is gazi.
-
Katta osma lampa tutabroq yonganidan, doʻkonxonadan is va qurum hidi bilan toʻlgan havo darrov dimogʻga urar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ovqatdan is hidi kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Tugun va changdan ship va devorlarda, narsalar yuzasida hosil boʻladigan nozik ipsimon, ipir-ipir narsalar.
-
Xizmatkorxonaning devorlari, shiplari oʻrgimchak inlari, ipir-ipir qora islar bilan qoplangan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Umid] taxmondagi, shiftlardagi islarni supurgi bilan olib, polni ikki qayta yuvdi. Mirmuhsin, Umid
is soʻzi qatnashgan jumlalar:
Is bosib (oʻtirmoq)
-
Bunaqa, uylarda is bosib oʻtiraversa, yuragiga zardob toʻplanadi-da. Dalani, bogʻ-rogʻni koʻrmasa, bunday toʻy-poʻy qilib, koʻnglidagi chigilni yozmasa S. Nurov, Narvon
Is tegmoq
-
Nasimboy oʻzida yoʻq ahvolda, otasi uzatgan pulni qoʻlida changallagancha, is tegganday kalovlanib turardi. Mushtum
-
Koʻp xavotirlanmang, xolajon oʻgʻlingizga bir oz is tegibdi. Mushtum
Is chiqarmoq
-
Oʻgʻlimning qoʻlini halollatsam, soʻyib jindak is chiqararman, deb umid bilan boqib yurgan bir ulogʻim bor edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Kecha odamlarni naq arvoh chalib ketganmish. Shunga buvimlar arvoh oshi qilib, is chiqaribdi, — dedi Pirnazar. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
IS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
is so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar