isbotla
bilan ulashing
1. Fikr, daʼvo, faraz va shu kabilarning toʻgʻriligini yoki boʻlib oʻtgan voqea-hodisaning chinligini dalil, hujjat bilan tasdiqlamoq.
-
Oʻz gapining toʻgʻriligini isbotlamoq.
-
Endi u soldatlarga butunlay boshqa gapni aytishi kerak. Aytishga aytadi-yu, lekin qanday isbotlay oladi? I. Rahim, Chin muhabbat
-
Omonning hamma narsani rasmiy jihatdan mushohada etishini bilgani uchun, fikrini dalil bilan isbotlamoqchi boʻldi. S. Karomatov, Oltin qum
2. mnt. mat. Biror qoida yoki daʼvoning toʻgʻriligini boshqa maʼlum qoidalar, asosida mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tasdiqlamoq, isbot qilmoq.
-
Teoremani isbotlamoq.
-
Bu faktlar asosida oʻzbek tilida soʻz tartibining ham erkin, ham bogʻli ekanini isbotlaydi [olim]. Gazetadan
ISBOTLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСБОТЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isbotla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar