ixtiyor
bilan ulashing
1. Xohish-istak erki; erk, xohish.
-
Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. Maqol
-
Sendan hech sirimni yashirmayman. Dastlab kirgan zavodimdan oʻz ixtiyor im bilan ketganim yoʻq. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. Foydalanish, tasarruf yoki idora qilish huquqi; izm.
-
Bu yerlar kolxoz ixtiyorida. Direktor ixtiyoridagi mukofot fondi. Zavod ixtiyorida boʻlgan mashinalar.
-
Koʻp umr koʻrishingiz — taqdir qoʻlida, beqarz yashashingiz — qalbingiz ixtiyorida. Tafakkur
-
Bizlarni meditsina akademiyasida bir yarim oy oʻqitib, Moskva shahar sanitariya boshqarmasi ixtiyoriga yuborishdi. Saodat
ixtiyor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ixtiyor etmoq (yoki qilmoq)
-
— Sogʻ boʻling, bek aka, boradigan kuningizni tayin qila olasizmi? — Maʼlumingiz, kechalari boʻsh boʻlaman, shuning bilan birga, otangiz qaysi vaqtni ixtiyor qilsalar, ijobat etishdan oʻzga choram boʻlmas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
IXTIYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИХТИЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
IXTIYOR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan IXTIYOR so‘ziga berilgan ma’nolar
ixtiyor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ixtiyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar