g‘o‘za
bilan ulashing
1. Chigitdan unib chiqib, paxta hosili (tolasi) beradigan, gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik madaniy oʻsimlik, paxta oʻsimligi.
-
Gʻoʻza chopigʻi. Gʻoʻzaga suv taramoq. Gʻoʻzani parvarish qilmoq.
-
Bir dona chigitdan oʻttiz-qirq koʻsakli gʻoʻza unib chiqadi. Tuygʻun, Brigadir
-
Boʻyi yerdan toʻrt barmoq koʻtarilgan gʻoʻza oralariga yoyilgan xotin-qizlar, gulga qoʻngan asalaridek, gʻayrat bilan ishlamoqda. S. Ayniy, Qullar
2. eskirgan, aynan Koʻsak.
-
Onam sandalda oʻtirib, gʻoʻza chuvir, men kitob oʻqir edim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Sandalning bir chekkasida gʻoʻza chuvib oʻltiruvchi bir keksa koʻr kishi qoʻlidagi gʻoʻzapoʻchoq va sugʻurgan paxtasi bilan boshini baland koʻtarib, hovlidagi soʻzga quloq solib turadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. so‘zlashuv tili Shu oʻsimlik hosili, paxta.
-
Bu yilgi tergan gʻoʻza Bulturgilardan toza. Planlar yuzga yetsa, Dunyo toʻla ovoza. Qoʻshiqlar
g‘o‘za soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kampirning dardi gʻoʻzada
-
Kampirning dardi gʻoʻzada, deganlariday boy amakim ham amirning kelishini istaydilar. S. Ayniy, Doxunda
G‘O‘ZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘o‘za so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar