shang‘i
bilan ulashing
1. yoki Shangʻi ovoz (tovush) Baland va qoʻpol ovoz, tovush.
-
Yoʻlning olisligini bildirmaslik uchunmi, Abiljon shangʻi ovozi bilan goh qoʻshiq aytar, goh hazilomuz gap qotib borar edi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Kimdir shangʻi tovush bilan: — Mulla Asad, hamqishlogʻingizni chaqirib chiqing, ikkita ashula qilib bersin, — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Shunday tovush bilan gapiradigan; baqiroq.
-
Shangʻi xotin.
-
Sidiqjonning koʻziga qabr singari qop-qorongʻi va tor uy, qaynanasi singari oʻlgunday badjahl va shangʻi kampir koʻrinib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Shangʻi samovarchi joʻmragi uchiga jez qoplangan choynakni bir piyola bilan doʻq etib qoʻyib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
SHANG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАНҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shang‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar