jangovar
bilan ulashing
1. esk. q. Jangchi.
-
Katta maydon jangovarlar bilan toʻla. Oybek, Navoiy
2. Urush, jangga oid, urush-jang bilan bogʻliq.
-
Jangovar harakat. Jangovar tartib.
-
Petka uning soʻziga diqqat bilan quloq soldi-da, miyigʻida kuldi va jangovar bir epizodni aytib berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Soʻngra uchinchi rota komandiriga oʻng qanotdagi dushman rotasining jangovar pozitsiyasini aniqlashni buyurdi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Janglarda chiniqqan, urush-janglarda oʻzini koʻrsatgan; shijoatli.
-
Jangovar xalq. Jangovar polk,
-
Asriyan qancha koʻp zeriksa, shuncha koʻp batalonini, undagi jangovar doʻstlarini eslaydigan boʻldi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Jangovar yigitlarning tantiligi ularga juda qimmatga tushib ketdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
4. koʻchma Kundalik, har doimgi; faol; otashin.
-
Adolatning: Oʻzimizni ishda ham koʻrsataylik, degan soʻzlari brigada qizlarining jangovar shiori boʻlib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
5. Juda muhim, tez fursatda bajarilishi zarur.
-
Kiyem Simferopolni ozod qilish uchun jangovar topshiriq oldi. T. Rustamov, Mangu jasorat
jangovar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jangovar varaqa
-
Jangovar varaqani oʻqib turgan yoshlar oldida Muhiddin ancha turib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
JANGOVAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАНГОВАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jangovar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan JANGOVAR so‘ziga berilgan ma’nolar
jangovar so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar