jiyak
bilan ulashing
1. Doʻppi, toʻn va shu kabilarning chetiga tutiladigan maxsus ensiz tasma.
-
Qoʻlda toʻqilgan jiyak.
-
Uning uzundan-uzun oppoq soqoli, yoqasi ochiq oppoq yaktagi, doʻppisining oppoq jiyaklari, oftobda qoraygan keng koʻkragi — hammasi changga botgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
U [Bolta aravakash] doʻppisining jiyagini qaytarib, shohi belbogʻ bilan bogʻlab olgan. K. Yashin, Hamza
2. Biror narsaning gir atrofi, cheti.
-
Murod uning jiyaklari qizargan koʻzlariga termildi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Jiyaklarida boychechaklar oʻsib yotgan nam soʻqmoqdan oq otli yoʻlovchi jadal ketyapti. Sh. Xolmirzayev, Oq otli
JIYAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЯК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jiyak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan JIYAK so‘ziga berilgan ma’nolar
jiyak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar