jivir-jivir
bilan ulashing
takr. s. Koʻzni qamashtiradigan darajada tovlanuvchi, juda mayda va koʻp narsalarni bildiradi.
-
Saraton jivir-jiviridan koʻz toliqadi. Lekin gʻoʻzalar tizzaga urib, qiygʻos koʻsaklab yotibdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari.
-
Qamchi yangi qizil toʻn kiygan. Hoshiyasiga allaqanday jivir-jivir gul naqshlangan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Dengiz sathi jivir-jivir oltin yulduzlar bilan toʻlib ketdi, ular ham bular orqasidan chopishadi. H. Ziyoxonova, Birinchi maktub
jivir-jivir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jivir-jivir tovlanmoq
-
Uning [boyning] shohi yaktagi quyoshda jivir-jivir tovlanib, uchqunlanib yaltirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Buloq, suvi ayniqsa oydinda shisha kabi yaltirar, jivir-jivir tovlanardi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla.
Jivir-jivir qilmoq
JIVIR-JIVIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИВИР-ЖИВИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jivir-jivir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan JIVIR-JIVIR so‘ziga berilgan ma’nolar
jivir-jivir so‘ziga yangi izoh qo‘shing