jism
bilan ulashing
1. fizika Maʼlum joyni egallab, ishgʻol qilib turgan materiya, modda.
-
Qattiq jismlar.
-
Allomalar handasa-yu riyoziyot va yoki shifo ilmida emas, oddiy bir jismdan ham hikmat topardilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Tovush turli jismlarning tebranishi jarayonida vujudga keladi. Fan va turmush
2. mat. Fazoning hamma tomondan berk sirt bilan oʻralgan bir qismi.
-
Geometrik jismlar.
3. Tan, tana; vujud.
-
[Navoiy:] Eshit, Mansur! [Mansur:] Butun jismim quloqdir. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Jasorat timsoli Ikardir abad, Jismi gar oʻtlarda ketgandir yonib. A. Oripov
jism soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ismi bor-u, jismi yoʻq
Ismi jismiga mos (yoki monand, munosib, yarashgan)
-
Brigada aʼzolaridan yana biri ismi jismiga monand Barno Hojiyevadir. F. Nurullayev, Boʻz yigit
JISM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИСМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
JISM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan JISM so‘ziga berilgan ma’nolar
jism so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
jism so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar