juft
bilan ulashing
1. Bir xil vazifaga moʻljallangan, bir butunlik, komplekt hosil qiladigan ikkita oʻxshash narsa, buyum.
-
Bir juft etik. Bir juft hoʻkiz.
-
Boboqul kuniga yarab turgan bir juft echkisi-yu kaftday keladigan yeridan ham ayrilib, butunlay xonavayron boʻlib qolibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
[Boy oʻz-oʻziga:] Bu kim boʻldi? Choʻrimi yoki bir ofatijon farishtami? Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay koʻzi surma bosganday qora. Hamza, Boy ila xizmatchi
2. Rafiq yoki rafiqa; er yoki xotin, nar yoki moda (bir-biriga nisbatan).
-
— Juftingni qanoting ostiga olib ucha ket, lochin! Bu yerda turma! — dedi-da, Qora Ahmad bir tomonga chekildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hech kim qarigan chogʻida juftidan qolmasin. A. Qahhor, Toʻyda aza
-
Keng osmon qaʼrida suzib yurgan kattagina bir qush oʻz juftini kutib, gir aylanadi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Doim birga boʻladigan, hamroh, yonma-yon.
-
Yoʻq, baxt ham, baxtsizlik ham juft boʻladi, deyishgani rost ekan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. zid. Ikkiga qoldiqsiz boʻlinadigan (butun sonlar haqida); toq.
-
Juft sonlar. Juft nomerli uylar.
5. Ikki dona, ikkita.
-
Bir juft tuxum. Un juft danak.
6. kam qo‘llanadigan, aynan Joʻra II.
-
U kishi keliningizga ikki juft atlas olib kelgan ekanlar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
juft soʻzi qatnashgan jumlalar:
Juft boʻlsin
-
Ular egilib salom berib, joylariga qaytayotgan edi, qarsak yangrab, odamlar juft boʻlsin! deb qichqira boshladilar. I. Rahim, Ixlos
Juft kuchlar
Juft soʻzlar
Juft tushgan
Jufti halol (yoki pok)
-
Bunday odamga jufti halol boʻlish uchun har qanday qiz darhol rizolik berar, deb oʻylayman [dedi shayx]. K. Yashin, Hamza
Yulduzi juft tushgan
JUFT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖУФТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
juft so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar