karta
bilan ulashing
1. Yer sathining, boshqa osmon jismlari yoki osmon gumbazining qogʻoz, taxta kabi tekislikka chizilgan shartli tasviri; xarita.
-
Geografik karta. Maʼmuriy-siyosiy karta. Yulduzlar kartasi.
-
Olimlar karta — dunyoning fazoviy, tasviriy obrazidir, deb taʼrif berishgan. Fan va turmush
-
Jonajon oʻlkamiz va notanish yurtlarni oʻrganish maqsadida karta boʻylab qanchadan-qancha sayohat qilganmiz. Fan va turmush
2. Har biri oʻziga xos rangi, tasviri, xoli, ochkosi bilan farqlanuvchi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oʻyin qogʻozlari dastasi va ular vositasida boʻladigan oʻyin; qarta.
-
Baʼzan kartani besh kishi boʻlib oʻynashardi. Yo. Hayimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Poyezd Yangiyoʻldan oʻtmasdanoq yonveridagi kupeda ketayotgan kishilar Salimxonni koʻrib qolishib, birin-sirin kirib, kupe toʻldi. Karta oʻyini boshlanib ketdi. Mirmuhsin, Umid
3. Biron-bir maʼlumot(lar) bilan toʻldiriladigan blank, varaqa.
-
Sanatoriya-kurort kartasi.
4. maxs. Ichida magnitli axborotlar yozilgan va turli hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi guvohnoma, hujjat.
-
Kredit kartasi.
Yerning, dalaning alohida, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida ajratilgan boʻlagi, bir boʻlak dala.
-
Traktor brigadasi bugun Shirinbuloq uchastkasidagi soʻnggi kartalarning shudgorini tamomlaydi. Y. Shamsharov, Orzigul Toʻraboyeva
KARTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar