kayf
bilan ulashing
1. Ruhiy holat; kayfiyat.
-
Kayfi yaxshi. Kayfi chogʻ. Kayfini buzmoq.
-
Kambagʻal uchun oʻz haqini talab qilish ham qiyin. Chunki xoʻjayinning xursand va xursand boʻlmagan chogʻlari boʻladi. Oldin uning kayfini bilish kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Darhaqiqat, mingboshi bugun tetik, kayfi joyida koʻrinardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ruzvon xola oʻzining qaygʻuli gaplari bilan oʻgʻlining kayfini buzib qoʻyganini payqab achindi. A. Muxtor, Opa-singillar
2. Kishining yaxshi, yoqimli, huzur-halovatli holati.
-
Agar oʻz kayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizki, bir emas, ikki jonni azobdan qutqargan boʻlasiz, onajon! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir bechoraning sizning kayfingiz uchun azob emas, chekkan xoʻrligini oʻylab, har kuni bir qat etdan tushaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Biror narsa taʼsiridan yuz beradigan yoqimli, koʻtarinki (rohatbaxsh) his-tuygʻu, hissiyot.
-
Kechalar kayfi, Oqshomlar fayzi. M. Shayxzoda.
-
Yangi yerni obod qilishda oʻzgacha kayf bor. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Sheʼr kayfi kun boʻyi qildi betoqat. S. Zunnunova.
-
Uning mayin, qoʻngʻiroqdek yangroq, shirali ovozi Hamzaga alohida kayf bagʻishladi. K. Yashin, Hamza
4. Ichkilik va boshqa mast qiluvchi (kayf beruvchi) narsaning taʼsiri, taʼsir etish xususiyati.
-
Aroqning kayfi. Nashaning kayfi.
-
Afyunning kayfi qursin, domla, sizni odamgarchilikdan chiqarib qoʻyibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Tantiboyvachcha kechagi bazm va ichkilik kayfini butun kun choʻzilgan uyqu bilan tiniqtirib, qoʻrgʻon eshigidan bogʻ tashqarisiga chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Chinni kosa besh-olti bor qoʻldan qoʻlga oʻtgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyli ogʻirlashib, kayf gʻalaba qila boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
5. Ana shu narsalar, uning kayfi taʼsirida (ichish, chekish va shu kabilar natijasida) yuzaga keladigan ruhiy holat; mastlik.
-
Besh-olti qadam narida kayf bilan aljirayotgan yigitlarning biri kelib, unga tegajaklik qildi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
6. so‘zlashuv tili Umuman, kayf beruvchi narsa (nos, sigareta va boshqalar).
-
Qani, kayfdan oling (oddiy soʻzlashuvdan).
kayf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kayfi uchmoq
-
— Bundoq deng-da. Kayfim uchib ketdi-ya! — dedi qori va yoqasini katta ochib, koʻkragiga uch marta tufladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Kayfini surmoq
-
Chilla havosini simirib, Qish sayrining kayfini surdim. S. Akbariy, Mehrigiyo
-
Halol ishlab, turmushni gullatish, kayfini surish kerak. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Aroqning kayfini surmoq.
-
Mirali buva koʻknorini ichib, kayfini suraveradi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Ana, bangi toʻra yumshoq kursida afyunning kayfini surib, koʻzlari suzilib oʻtiribdi. S. Siyoyev, Avaz
Kayfi qochmoq
-
Toʻraning nihoyatda kayfi qochdi, jahl otiga minib, oqsoqol bilan imomni yeb qoʻygudek yovvoyi qarash qildi. J. Sharipov, Xorazm
Kayf qilmoq
-
Aroq ichib kayf qilmoq.
-
Salom keyingi vaqtlarda ishdan koʻpincha kech va kayf qilib, baʼzan, hatto oʻlgudek mast boʻlib keladigan boʻlib qoldi. H. Ahmar, Kim haq?
-
Mirali buvani qoʻrqitamiz. Hozir koʻknorini ichib, kayf qilib oʻtiribdi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Domla qayerda ham muzika va ashuladan kayf qilib oʻtirib: Xudo yo tavba, muzikaning xumorisi tutar ekan — degan ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
KAYF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЙФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kayf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing