kayfiyat
bilan ulashing
1. Kishida ichki kechinma, intilish va shu kabilar bilan bogʻliq, uning taʼsirida yuzaga keluvchi holat, ruhiy holat.
-
Xushnud kayfiyat. Kayfiyati buzuq. Kayfiyati oʻzgarmoq.
-
Inson kayfiyati, uning ish natijasi mehnat sharoitiga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Gazetadan
-
Uning lablaridagi tabassum, dilida mavj urayotgan shodlik, visol daqiqalaridagina boʻladigan kayfiyat mening qalbimda bosh koʻtaray deb turgan oʻylarni uygʻotishga yoʻl qoʻymasdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Ogʻaynilar tushkunlikka tushmadilar. Quvnoq va tetik kayfiyatda xayrlashdilar. Guldasta
2. Muayyan bir ichki intilish, kechinma, ruhiy holat va shu kabilar ifodalovchi, aks ettiruvchi holat.
-
Xotirjamlik kayfiyati. Bayram kayfiyati. Ishchanlik kayfiyati.
-
Ishchilar bilan soldatlar oʻrtasida qandaydir birdamlik kayfiyati sezilardi. O. Rahimov, Shonli kunlar xotirasi
-
Bu bardamlik Yigitalini bir lahzada hamma narsaga beparvo qarash kayfiyatidan xalos qildi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. Yaxshi, yoqimli vaziyat, holat.
-
Ularning kayfiyatiga kayfiyat qoʻsholgan boʻlsak, oʻzimizni baxtiyor hisoblaymiz. Gazetadan
KAYFIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЙФИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kayfiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar