kichik
bilan ulashing
1. Tuzilish, hajm, oʻlcham jihatdan nisbatan katta boʻlmagan.
-
Kichik oʻrmon. Kichik shahar. Kichik bino. Kichik tosh. Kichik arava. Kichik xoʻjalik. Kichik gavda.
-
[Otabek] Ayvonning narigi yoni bilan bir boqchagami, maydongami chiqilishini bilib, shu yoqqa yurdi va kichikroq bir mevazorga chiqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qumda talanib, bor-yoʻgʻidan ajragan kichik karvon sochilgan narsalarni yigʻib, otlarni egarlab, aravalarga qoʻshishga hozirlik koʻrdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas. Anavi kichik jangchicha ham yoʻqmanmi? Shuhrat, Shinelli yillar
2. Sigʻimi, sath oʻlchami katta boʻlmagan; tor.
-
Kichik hovli. Toʻn unga kichik keldi.
-
Aksar shahar uylaridek, usta Bahromniki ham ikki xona, bir ayvondan va kichik sahndan iborat, tashqisiz eshik edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Yoshi oʻrta darajadan past, oʻrta darajaga yetmagan; keksaning aksi, yosh.
-
Kichiklarga muruvvat qil, kattalarni hurmat qil. Maqol
-
Bir kattaning gapiga kir, bir — kichikning. Maqol
4. Nisbatan yoshi past (kam) boʻlgan.
-
Kichik oʻgʻil. Kichik amaki. Ikki yosh kichik. Oʻzidan kichik doʻsti.
-
Bolalardan kichikroqlari chopqillashib, Saodatxondan oʻzib ketishdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Sidiqjon unga murojaat qilganida, oʻzidan kichik boʻlsa ham, Ziyodaxon ona der edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Vazifa, lavozim darajasi past, quyi.
-
Men oʻn bir yil shu idorada kichik bir lavozimda ishladim. Guldasta
-
Buxoroda ustoz Najmiddin Buxoriy kabi katta meʼmor boʻlmasa ham, kichiklari bor. Mirmuhsin, Meʼmor
6. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan amal, kasb va shu kabilarning quyi, past, boshlangʻich darajasini bildiradi.
-
Kichik ilmiy xodim
-
Yaxshi yigitlar — armiyaning husni. Kuzga borib, bularni kichik komandir qilib chiqaramiz-a? Shuhrat, Shinelli yillar.
-
Kichik bir master boʻlib chiqardi otin. Gʻayratiy
7. Ahamiyat, mohiyat jihatdan katta boʻlmagan; arzimas, muhim boʻlmagan.
-
Kichik xato. Kichik bir mulohaza.
-
Hanifa oʻz zvenosining kichik bir muvaffaqiyati shunday katta majlisda ogʻizga tushadigan bir voqeaga aylanib ketishini sira kutmagani uchun qattiq xijolat tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
kichik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Katta boshini kichik qilib
-
Rais ham katta boshini kichik qilib, koʻpchilikning oldida: — Gapirgan adashadi, yurgan qoqiladi, — dedi. S. Nurov, Narvon
-
Sorokinning polkidagi gʻalayonlarni yashirish uchun Vladimir Yakovlevich katta boshini kichik qilib, praporshikni oʻz himoyasiga olishga majbur boʻldi. A. Muxtor, Chinor
Kichik tortmoq
-
Bir vaqtlardagi gavdali pahlavon Qobil endi kichik tortib ketgan, kesakrang yuzini, nursiz koʻzlarini hadeb eldan yashirar edi. H. Gʻulom, Mashʼal
KICHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИЧИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kichik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar