korpus
bilan ulashing
1. Mexanizm, apparat va shu kabilarning tayanchini yoki qobigʻini tashkil etuvchi qismi.
-
Soat korpusi. Stanok korpusi.
-
Anhor boʻyida mashina korpusining baland qaddi koʻrindi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻziyurar shassining afzalligi shundaki, uning korpusiga paxtachilikdagi barcha ish jarayonlarini bajara oladigan mashina va agregatlarni oʻrnatish mumkin. Gazetadan
2. Bir umumiy uchastkadagi, bir majmuaga kiruvchi binolardan biri, alohida bino.
-
Oʻnga yaqin sinfxona va katta sport zalini oʻz ichiga olgan yangi korpus qurilib, foydalanishga topshirildi. Gazetadan
-
Toʻquv va tikuv dastgohlari joylanadigan korpusda 500 nafarga yaqin mahalliy ishchilar mehnat qilishadi. Gazetadan
3. Bir necha diviziya yoki brigadadan iborat yirik harbiy qoʻshilma.
-
Front qoʻmondonligi platsdarmda armiyaning bir korpusini qoldirib, qolgan ikki korpusi bilan jang qilishga buyruq berdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
32-oʻqchi korpus jangchilari daryoning chap qirgʻogʻida mudofaaga oʻtib, okop qazishga kirishdilar. Gazetadan
4. Biror davlatdagi barcha diplomatlar, konsullar.
korpus soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qonun chiqaruvchi korpus
-
Qonun chiqaruvchi korpus raisi boʻlgan Shneyder zavodga soldatlar chaqirdi, stachka bostirildi. Yangi tarix
KORPUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОРПУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
korpus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing