korson
bilan ulashing
1. Yogʻochdan ishlangan katta tovoq.
-
Bir katta qaragʻay ogʻochning tagini oʻydirib olgan katta korsoni bor edi, kichikroq hovuzday edi. Oysuluv
-
Korsonda qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni ichgandan keyin yaslanib, koʻkka qarab yotib oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Dasturxon ustiga bir korson shirqovoq qoʻyilgan. S. Ayniy, Doxunda
2. Ayrim musiqa asboblarining tovushni kuchaytiradigan kovak qismi, qorni.
-
Dastang zardolidan, korsoning archa, Bordir ohanglaring yoqimtoy ancha, Kuylasang, qoʻlingga mahliyo barcha, Suhbatning mashʼali boʻlgan, doʻmbiram. Yodgor baxshi
3. sheva Egarning orqa qismi.
-
Ot beliga tashlay berdi chol Soqi, Korsoni kumush, qoshi oltin egarni. Xush keldi
-
Oʻrtoq direktor egarda, men egar korsonini ushlab oʻtiribman. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
4. Ot tuyogʻining gardish qismi.
-
Yigirma uch kecha-kunduz yugurib, Korsonidan ivib tushdi tuyogʻi. Malikayi ayyor
KORSON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОРСОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
korson so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar