maʼqul
bilan ulashing
1. Talab-istakka toʻgʻri keladigan; maqbul.
-
Maʼqul ish. Maʼqul gap. Maʼqul fikr.
-
Kompleks loyihalar hozir serob. Maʼqulini tanlaysiz, quraverasiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Nizomiddinov ishni bir yoqlama olib boryapti. Shu odamning ishi menga unchalik maʼqul emas. S. Ahmad, Hukm
2. (kesim vazifasida yoki tarkibida) Yaxshi, durust.
-
Yoki oʻzini koʻrmasdan, gʻoyibona sevib yurganim maʼqulmikan? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Nonushta qila-yotganimizda, mana bu choʻqmorni unga aytib qoʻyganimiz maʼqul. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Maʼqullash, rozilikni bildiradi: yaxshi, durust, xoʻp.
-
Maʼqul, maʼqul, boy ota, shoyad davlatingiz kam boʻlmasin! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Erta bilan yoʻlga chiqaylik. — Maʼqul, — dedi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Gap-soʻzni qaytarmaydigan; yuvosh.
-
Bashorat xola qarshisida opasini xunob qiladigan yengiltak Olimjon emas, balki ogʻir tabiatli, moʻmin, maʼqul va es-hushli, butunlay boshqa bir bola turganday edi. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
maʼqul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maʼqul boʻlmoq (yoki kelmoq, tushmoq)
-
Gapim ikkoviga ham maʼqul boʻldi, shekilli u yogʻi koʻngildagidek boʻldi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bu gap zalda oʻtirganlarga ham maʼqul tushdi. Yoshlik
-
Karomat xola, hatto biror narsa oʻziga haddan tashqari maʼqul kelsa ham, oʻsha narsani qargʻab-qargʻab maqtardi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
Maʼqul qilmoq
-
U doʻstlariga tunov kungi sheʼrini maʼqul qila olganiga quvonardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
MAʼQUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪҚУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan MAʼQUL so‘ziga berilgan ma’nolar
maʼqul so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
maʼqul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing