maʼraka
bilan ulashing
1. din. Motam marosimlarining yigʻindisi va ularning har biri.
-
Gulsumbibi qizining butun maʼrakasini oʻtkazgandan keyin, qabrga haydasalar ham dadil borishga tayyorligini soʻzladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sobir Odil buvaning maʼrakalariga oʻzi bosh boʻldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Toʻy, tomosha va shu kabilar munosabati bilan boʻladigan yigʻin, marosim.
-
Shu-shu boʻldi-yu, Norbuvining martabasi oshib, har bir maʼraka uning maslahatisiz boʻlmaydigan boʻlib qoldi. H. Shams, Dushman
3. Jang maydoni; jang.
-
Maʼraka —mardniki. Maqol
4. koʻchma Siyosiy yoki xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan biror ishni amalga oshirish uchun oʻtkaziladigan yalpi harakat; kampaniya,
-
Terim maʼrakasi boshlangan kunlardanoq Olimjon ogʻizga tushib qoldi. H. Nazir, Qanotlar
-
Shundan keyin kolxozlashtirish maʼrakasiga oid masalalarni muhokama qilishdi. H. Shams, Dushman
MAʼRAKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪРАКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼraka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar