mardikor
bilan ulashing
1. Vaqtincha yoki kundalik yollanib ishlovchi ishchi.
-
Dalada ishning tigʻiz vaqti oʻtgani uchun mardikorlarga bundan bir necha kun ilgari javob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
2. tarixiy 1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi davrida chor hukumati tomonidan chekka oʻlkalardan, jumladan, Turkistondan front ortidagi, mamlakat ichkarisidagi qora ishlarga safarbar etilgan erkak kishi.
-
1916-yili rus podshosi mardikor olgan vaqtda Madamin oʻz oyogʻi ostidan oʻziga qarshi koʻtarilgan yovni koʻrdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. s.t. Mardikor ishi; mardikorlik.
-
Siz oqpodshoning davlati soyasida yurt soʻrab, umringiz aysh-ishrat bilan oʻtyapti. Shunday boʻlgandan keyin, bir tantilik qiling, dodxoh, avval siz oʻgʻlingizni mardikorga yuboring. K. Yashin, Hamza
-
el boshiga yanada katta muhtojlik tushadi va Abdurasul hamqishlogʻi Yusvali aka bilan mardikorga joʻnaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
mardikor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shaytonning mardikori
-
Talantu iqtidor degan narsani yuqtirmagan boʻlsa, hadeb shaytonning mardikori boʻlib ishlab berishning ham foydasi yoʻqligini ilova qilishim kerak! OʻTA
MARDIKOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРДИКОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mardikor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar