mard
bilan ulashing
1. Qoʻrqishni bilmaydigan; qoʻrqmas, botir, jasur.
-
Tantiboyvachcha bobilladi: — Dev poylagan tilsimdan uni qaysi mard olib ketadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mard kishidan oʻlim ham qoʻrqadi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Er kishiga xos ijobiy fazilatlarga ega, aytganining ustidan chiqadigan, tanti, hotam.
-
Vaʼdaga vafo qilmoq — mardlarga xos fazilat. Gʻayratiy
-
Mard boʻlsangiz, buni boʻyningizga oling. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Mard odam imzosini ochiq qoʻyadi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Qizim, akang mard yigit edi, nomusli yigit edi. Nomus bilan, mardlik bilan oʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. so‘zlashuv tili Umuman, biror ishni qila oladigan, biror ish qoʻlidan keladigan kishi.
-
Bularga oʻz vaqtida issiq choy damlab berib turadigan mardning oʻzi yoʻq. Oydin, Bechora
-
Dutor qoʻlma-qoʻl boʻldi, lekin uni, nomiga boʻlsa-da, tingʻillatadigan mard topilmadi. Mushtum
mard soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mardi maydon
-
Tashlagil qadam olgʻa, oʻzni mardi maydon qil. Qontalab fashistlarning ikki diydasin qon qil. Gʻayratiy
MARD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MARD so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingMARD so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MARD so‘ziga berilgan ma’nolar
mard so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
mard so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar