mahkam
bilan ulashing
1. Buzilish, oʻzgarish kabilarga chidamlilik darajasi yuqori: puxta, mustahkam.
-
Mahkam imorat. Eshikni mahkam berkitmoq.
-
Gʻazal toʻlaligicha oʻz qalbiga koʻchib, xotirasida mahkam oʻrnashib qolganidan, oʻzida yoʻq sevinib, ogʻzining tanobi qochdi. K. Yashin, Hamza
2. koʻchma Turgʻun, oʻzgarmas, sabotli.
-
Mahkam iroda.
-
Gʻulomjon fikrida, qarorida mahkam edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Zoʻr kuch bilan, qattiq.
-
Koʻlni mahkam qismoq. Mahkam ushlamoq.
-
Yugurib borib, mahkam quchoqlab oldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Mahkam (erkaklar ismi).
MAHKAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҲКАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mahkam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar