mahkum
bilan ulashing
1. Hukm qilingan.
-
Qiz kechgacha boloxonadagi qorongʻi qaznoqda teshikdan moʻralab, dor yogʻochi osti-da jallodning sirtmoq solishini kutgan mahkumday, taqdirga tan berib, otasini kutdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
sharmandali oʻlimdan xalos aylang. Men sizdan dor talab qilaman. Mahkumning soʻnggi iltimosini mustajob etmoq siz uchun farzdur. S. Siyoyev, Avaz
2. (j. k. s. bilan) Taqsiri shu kelishikdagi soʻz anglatgan narsa bilan bogʻliqligini, shu narsa yuz berishini, qismati shu bilan yakunlanishini bildiradi.
-
Eski dunyo — odamlarni ekspluatatsiya qilish va xalqlarni ezish dunyosi halokatga mahkum. Gazetadan
-
Kambagʻallar ham musulmonchilikka isnod keltirmaslik uchun, qarz badaliga boʻlsa ham, katta toʻy oʻtkazib, umrbod qashshoqlikka mahkum boʻlardi. J. Sharipov, Xorazm
3. Birovning amrida, hukmida boʻlgan, qaram, tobe.
-
Meningcha, bu — mustamlakaning — metropoliyaga, mahkum millatning — hokim millatga, mazlumning zolimga qarshi qoʻzgʻalishi. A. Qahhor, Sarob
MAHKUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҲКУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mahkum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar