mahram
bilan ulashing
1. tarixiy Buxoro va Xiva xonligida: saroy amaldorlarining yozishma ishlarini boshqargan lavozimli kishi va uning mansabi.
-
Karvonboshi amir haqiga uzun duo qilgandan keyin yonini ochib, mahramga yigirma tanga xizmatona berdi. S. Ayniy, Qullar
2. eskirgan Ishonchli xizmatkor, choʻri.
-
Mahramlar piyolalarda may keltiradilar. Yoshlik
3. eskirgan Sirdosh doʻst, hamdam.
-
Hasanali Otabekka mahram boʻlishga loyiq bir mehri-bonlikka ega boʻlganlikdan bek bilan ochiq soʻzlashish fikriga keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eng yaqin oʻrtogʻi Zebixon boʻlib qoldi. Ikkalasi sirdosh, mahram. Choʻlpon, Kecha va kunduz
4. din. Shariatga koʻra, ayol kishi yuzi ochiq holda koʻrishishi mumkin boʻlgan, ammo nikoh noravo boʻlgan yaqin erkak qarindosh (ayolning otasi, oʻgʻillari, aka-uka, amaki, buva, togʻa, qaynotasi); zid. nomahram.
5. sifatdosh Man qilingan, taqiqlangan; boshqalardan sir tutiladigan, maxfiy; nojoiz.
-
Keling endi, birpas totuv boʻlib, mahram gaplardan gapirishib, koʻngildagi kuduratlar-ni yozaylik. Hamza, Boy ila xizmatchi
6. etn. Ayn. bachcha.
-
Avval uni [Mamaraimni] mullavachchalar sudradi, keyin imonsiz mudarris oʻziga mahram qilib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
MAHRAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҲРАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mahram so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar