mahsul
bilan ulashing
1. Ish, faoliyat, mehnat samarasi, mevasi.
-
Ijodiy mehnatning mahsuli.
-
U koʻtarinki kayfiyatda edi, kechagi, bugungi ish mahsulidan xursand. M. Xayrullayev, Koʻngil
2. aynan Mahsulot.
-
Ogʻir sanoat mahsuli.
-
Paxta bizning gʻalabamizni belgilab beruvchi asosiy mahsulimizdir. Gazetadan
3. Hosil, unum.
-
Yer ham tirik jon. Insondek nafas oladi, oziqlanadi, nihoyat, mahsul beradi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, moʻl mahsulidan suyunadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
4. koʻchma Biror narsadan yuzaga kelgan narsa; natija.
-
Yigitalining rangiga bir oz zahillik uribdi. Bu muttasil davom etib kelayotgan uyqusizlik, adadsiz iztiroblarning mahsuli, albatta. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Xulosa shu: ehtiros yoʻq, bu ezmalik, beparvolik mahsuli. Mushtum
MAHSUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҲСУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mahsul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar