o‘g‘il
bilan ulashing
1. Er jinsidagi bola.
-
Bola oʻgʻilmi, qizmi?
-
Bu qizdan bir balo chiqadi. Oʻnta oʻgʻilning oʻrnini bosadi. S.Ahmad, Ufq
2. Er jinsidagi farzand (oʻz ota-onalariga nisbatan).
-
Oʻqigan oʻgʻil — otadan ulugʻ
-
Maqol. Oʻgʻli borning oʻrni bor, qizi borning qadri bor. Maqol
-
Komilning oʻgʻli ota-onasini Toshkentga koʻchirib ketibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mehmonni yuqori oʻtqazib, darhol oʻgʻliga dasturxon yozishni buyurdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. (faqat 1-shaxs egalik qoʻshimchasi bilan) Farzandi tengi shaxsga nisbatan murojaat shakli.
-
Chol bu begona yigitning vaziyatida taraddudlanish sezib, qaytadan soʻradi: — Xoʻsh, oʻgʻlim, nima arzing bor? Oybek, Tanlangan asarlar.
4. Oʻgʻil (xotin-qizlar ismi).
o‘g‘il soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻgʻil bola
-
Hovli eshigidan yosh-yosh oʻgʻil va qiz bolalar chuvullashib chiqishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻraboy aka, gapimizni yerda qoldirmay kelibsiz, boʻldi! Oʻgʻil bola ekansiz, boshqa gap yoʻq! S. Anorboyev, Goʻzallik izlab.
Oʻgʻil toʻyi
-
Toʻlamat oʻgʻil toʻyi qilganda, u ham bel bogʻlab, xizmatini ayamagan. S. Anorboyev, Oqsoy.
Gapning oʻgʻil bolasi yoki oʻgʻil bola gap
-
Gapning oʻgʻil bolasini aytdingiz, oqsoqol. Mavlon aka sigirning sutini ichmaydigan odam, buzoqning haqi bor deb. H. Gʻulom, Mashʼal
O‘G‘IL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҒИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘g‘il so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar