shaqildoq
bilan ulashing
1. aynan Shiqildoq. Chaqaloqning shaqildogʻi.
2. eskirgan Tungi qorovulning keskin silkitganda shaqillab ovoz chiqaradigan, ichi oʻyiq yogʻoch asbobi.
-
[Yoʻlchiga] Hushtak, shaqildoq chalgan tanho qorovul koʻlkalari unda-munda uchrab qolar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uxlab qolgan mirshab ham negadir uygʻonib ketib, yana shaqildogʻini shaqillata boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Qattiq-qattiq ovoz bilan, shaqillab gapiradigan.
-
Ertasiga ular urugʻlaridagi Savri shaqildoq degan xotinni aytib kelib, kinna soldirishdi. Mirmuhsin, Umid. — Qoch, deyman, ablah, qoch! Naq boʻyningni uzaman, — deb oʻshqirdi amakisi. — Qoch, yashshamagur, qoch! —
-
deb takrorladi shaqildoq kelinoyisi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SHAQILDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАҚИЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaqildoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar