o‘g‘irla
bilan ulashing
1. Oʻzganing narsasini xufiyona olmoq, olib ketmoq; qonunga xilof ravishda oʻzlashtirmoq.
-
Oʻgʻli roʻzgʻorni yaxshilab, ovqatlarni moʻl-koʻl qila boshlabdi. Otasining pulini oʻgʻirlab, xarajat qilaveribdi-da. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zuhur amakim skladdan taxta oʻgʻirlab, qamalib ketganlar. Mushtum
2. Kimsani boshqalarga bildirmasdan, zoʻrlab olib qochmoq.
-
Hasanalini bolalik vaqtida Erondan kishi oʻgʻirlab keluvchi bir odam qoʻlidan Otabekning bobosi oʻn besh tilla barobariga sotib olgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsani xufiyona olmoq, undan ayirmoq, uni yoʻq qilmoq.
-
Jaholat yomon narsa, aylanay, odamning aqlini oʻgʻirlab, fojiaga yetaklaydi. Mushtum
-
Alifdek qomatini sen bukding, yuzlariga ajinlarni sen solding, koʻzlaridan ajinlarni sen oʻgʻirlading S. Ahmad, Ufq
-
Domlaga qoʻl urish bilan mahallaning fayzini oʻgʻirlagan bu ayolni koʻrgan ham, koʻrmagan ham bir gʻazab bilan yomon koʻrar edi. A. Qahhor, Toʻyda aza
o‘g‘irla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap oʻgʻirlamoq
-
Hoo, qachondan buyon insof tarozisining posangisiga qarab tosh bosadigan boʻla qoldingiz? Yoqmasa, bu yerda turib gap oʻgʻirlab nima qilasiz? S. Karomatov, Hijron
Joy oʻgʻirlamoq
Fikroʻgʻirlamoq
-
Anvar Raʼnoga oʻnglanib oʻtirdi: — Foydasi yoʻq, endi fikrni oʻgʻirlading. [Raʼno:] Men fikr oʻgʻrisi emasman. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
O‘G‘IRLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҒИРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘g‘irla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar