marhamat
bilan ulashing
1. Rahm-shafqat yuzasidan koʻrsatiladigan iltifot, himmat, yaxshilik.
-
Doʻstlarning marhamati. Marhamat koʻrmoq.
-
Agar mening bu xizmatim xon janobining marhamatiga loyiq koʻrilur ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur boʻlgan mukofot oʻgʻlimning ozod qilinishidir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xon hazratlari, farzandimni, xonumonimni — hammasini marhamatingizga topshirdim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. undov so‘z Taklif yoki rozilik bildiruvchi soʻz.
-
— Cheksam maylimi? — Marhamat! [Maysara:] Qani, taqsirim, toʻrga marhamat! Hamza, Maysaraning ishi
3. Marhamat (xotin-qizlar ismi).
MARHAMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРҲАМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
marhamat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar