mashq
bilan ulashing
1. Biror faoliyatni puxta oʻrganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik mashgʻuloti.
-
Harbiy mashq. Mashq qilmoq.
-
Sidiqjon koʻkragini sandalga berib, xat mashq qilar, Kanizak uning roʻparasida kitob oʻqib oʻtirar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Ish yomon, — dedi kelgan militsioner, —
-
koʻpi mashq koʻrmagan, hali miltiq otishni bilmaydigan militsionerlar, qoʻlidan nima kelar edi. S. Ayniy, Qullar
-
Uzoq mashqlar bekor ketmagan edi. Xonning qoʻshini goʻyo bir tan, bir jon boʻlib harakat qilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Maʼlum maqsadda bajariladigan, qilinadigan muayyan ish, harakat.
-
Imloga oid mashqlar. Jismoniy mashqlar.
-
Bolalar bir-birlarining qoʻllarini ushlashib, gimnastika mashqlarini yengil va chiroyli bajaradilar. Gazetadan
mashq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mashq qilmoq
-
Tirishib mashq qilishim orqasida ham saboq oʻrtoqlarim orasida insho yozishda peshqadam boʻldim. N. Safarov, Olovli izlar
-
Gʻanisher bugun uyqudan tiniqib turdi, oldinga va orqaga engashib mashq qildi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Mashqini olmoq
-
U 1930 yillar qishloq sovetiga kotib boʻlganidan beri majlislarda soʻzlash mashqini olgan edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
1. Cholgʻu kuyi va uning ijrosi.
-
Sozandalar uzoq mashqdan keyin tanaffus qildilar va cholgʻularini qoʻyib, choy icha boshladilar. P. Tursun, Oʻqituvchi.
-
Yoʻldosh otaga chalib bergan mashqingiz hali ham qulogʻimdan ketmaydi. S. Ahmad, Xazina.
2. koʻchma Kishining kayfiyati, shaxti.
-
Dadavoyga qizining mashqi past, ruhan ezilganroq tuyuldi. H. Gʻulom, Toshkentliklar.
MASHQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАШҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mashq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar