soch
bilan ulashing
1. aynan Sepmoq 1, 2.
-
Urugʻ sochmoq. Yoʻllarga qum sochmoq. Hovliga suv sochmoq. Arpa sochsang, arpa oʻrasan. Maqol
-
Ter toʻkib sochsang urugʻ, Yer seni qoʻymas quruq. Maqol
2. Har yon-har yonga tarqatib tashlamoq, parishon qilmoq.
-
Boshidan gul sochmoq.
-
Ulardan sal tepada, barxan ustida yirtilib, tagi koʻchib ketgan bir poy botinka, undan narida ogʻzi ochiq, boʻm-boʻsh ryukzak yotar, uning ichidagi narsalar atrofga sochib tashlangan edi. M. Mansurov, Yombi
3. koʻchma Tarqatib yubormoq, qochirmoq.
-
Normat, uning xayolini sochib yubormaslik uchun, oʻz oʻrniga choʻzildi-da, ancha vaqt oʻy surib, nihoyat uxlab qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Tarqatmoq, yoymoq.
-
Uzunchoq omborning toʻrida yigirma beshinchi lampochka xira nur sochadi. N. Aminov, Qahqaha
-
Yoz Iyun quyoshi koʻkdan zarrin nur sochadi. Saodat
5. Taramoq, yoymoq, toʻkmoq.
-
Xilma-xil gullar xushboʻy hid sochib, boʻstonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib yotar ekan. Chalpak yoqqan kun
6. Biror oʻlchovda, meʼyorda taqsimlab tarqatmoq, solmoq.
-
Xarajatni hammaga baravar sochmoq.
-
Qarorim shundan iboratdirkim, ertadan boshlab yurtga oʻttiz ikki tangadan soliq sochasiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
soch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zahrini sochmoq
-
— Nima deyman? — xotiniga zahrini sochdi Malik muallim. — Bor gapni oʻzbekcha qilib tushuntirdim-ku senga. A. Koʻchimov, Halqa
SOCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar