maxluq
bilan ulashing
1. Inson va butun jonivorlarning, tirik mavjudotning umumiy nomi.
-
[Abdujamil boy:] Oʻldirgan boʻlsangiz, sadqayi sar um degan maxluq topiladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Juftlik yolgʻiz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Insondan boshqa jonli narsaga nisbatan qoʻllanadi.
-
Beor Isroilov badbashara bir maxluq; qiyofasida koʻz oldiga keldi. A. Muxtor, Chinor
-
Ilondek maxluqning tabiati, foydasini tushungan odam uni sovuq deyishga tili bormaydi. Fan va turmush
3. koʻchma Oʻxshovsiz, xunuk, jirkanch jonivorga nisbatli haqoratni bildiradi.
-
Hojimat oldinga yurishga majbur boʻldi. Bu maxluqdan har narsani kutish mumkin edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
— Qandoq maxluqsan oʻzing? — dedi Said Jalolxon. A. Qahhor, Asarlar
-
Fuod afandi tanfurushlar gumashtasi boʻlib, qora umrini qora ishlar bilan oʻtkazgan qabih bir maxluq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bas, uyatsiz maxluq,! kim uni zaharlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
MAXLUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАХЛУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maxluq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar