maydon
bilan ulashing
1. Hovli-joyga yaqin ochiq yer, sayhon yoki bogʻcha; tomorqa.
-
Maydon ikki tanob kenglikda boʻlib, janubi qutidor va qoʻshnisining imoratlari orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga oʻxshash binolardan iborat edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Umuman, ochiq yer, sayhon yoki ekinzor.
-
Paxta maydoni. Ekin maydoni.
-
Ilgʻor xoʻjaliklarning chigit ekilgan maydonlari yashil libosga burkandi. Gazetadan
3. Biror ish-harakat, tadbir uchun moʻljallangan yoki shunday ish-harakat yuz beradigan, bajariladigan joy.
-
Sport maydoni. Mashq maydoni. Kurash maydoni. Jang maydoni.
-
Mard maydonda bilinar. Maqol
-
Amir yengildi, askarlari buzilib, urush maydonidan qochdilar. S. Ayniy, Qullar
-
Ayniqsa, uloq boʻlayotgan maydonda tumonat odam. K. Yashin, Hamza
4. koʻchma Jabha, soha, doira.
-
Ish maydoni. Mafkura maydoni.
-
Men qirq yildan buyon adabiyot maydonida qalam tebratib kelyapman. Oybek, Xalqqa xizmat — baxt
5. fizika Biror fizik hodisa roʻy beradigan yoki uning taʼsiri seziladigan fazo.
-
Elektr maydoni. Magnit maydoni.
maydon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maydonga kelmoq
Maydonga tashlamoq (yoki otmoq)
Maydonga chiqmoq
Oʻzi xon koʻlankasi maydon
Qiz maydon
MAYDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЙДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maydon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar