munojot
bilan ulashing
1. din. Islomdagi farz namozlardan tashqari, ixtiyoriy ravishda oʻqiladigan namozlar.
-
Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi.
-
Qishning koʻp vaqtlari kechalari qiblaga qarab, tiz bukib oʻtirib, xudoga yigʻlash va munojot qilish bilan oʻtar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Afandi yomgʻirda ivigan bir imoratning orasida xudodan davlat soʻrab munojot qilayotgan edi, chor devordan bir gʻisht tushib, uning boshi yorildi. Latifalar
-
Ayriliqdan tinmayin dod aylayin, Yolborib, haqqa munojot aylayin. Oysuluv
2. ad. Sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda, munojotda najot umidi, iltijo va tavbalar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi.
3. Yirik shakldagi oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylari turkumi (uch asosiy qismdan iborat).
-
Domla muzikaning xumorisi tutar ekan, Munojot bilan Qari navoni eshitmagan kunim, bamisoli xaltasini yoʻqotgan devonaman, degan ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi,
4. Munojot (xotin-qizlar ismi).
MUNOJOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУНОЖОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MUNOJOT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MUNOJOT so‘ziga berilgan ma’nolar
munojot so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
munojot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar