munosabat
bilan ulashing
1. Kishilar oʻrtasidagi aloqa, muomala.
-
[Elmurodga] Eshonning munosabati ham oʻzgardi. Ilgarigiday qattiq soʻkmay qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U Navoiy bilan Binoiyning oʻzaro munosabatlari haqida baʼzi bir gaplar eshitgan P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Kishilar, tashkilotlar, davlatlar oʻrtasidagi bordi-keldi, oldi-berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va maʼnaviy hayot bilan bogʻliq boʻlgan aloqa.
-
Oilaviy munosabat. Savdo munosabatlari. Ishlab chiqarish munosabatlari.
-
Munosabat bogʻlamoq. Diplomatik munosabatlarni uzmoq.
-
U banklar orqali oʻz raqiblariga qarshi olib bormoqchi boʻlgan sirli ishlarini, oʻz qarzdorlariga qanday muomala va munosabatda boʻlishini oʻylar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi.
-
Ayol kishining fazilati bola bilan boʻlgan munosabatda ochiladi. F. Musajonov, Himmat
-
Inson moddiy boylikni, madaniy obidani yaratar ekan, oʻzining mehnatga boʻlgan munosabatida maʼnaviy goʻzalligini namoyon etadi. Gazetadan
4. fls. Muayyan tizimdagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha.
-
Tafakkurning borliqqa munosabati.
-
Men, odatim boʻyicha, soʻzlarning maʼnolarini va nomlarning nomlangan narsalar bilan munosabatini bilishga qiziqqanimdan: — U qishloqni nega Tezguzar deb ataganlar? — deb soʻradim. S. Ayniy, Esdaliklar
5. Biror ish, harakat, gap va shu kabilarga daxli boʻlgan narsa, tegishli asos; bois, daxl.
-
Bu ishga sizning gapingizning hech qanday munosabati yoʻq.
-
Tantiboyvachcha anchagina mast boʻlib, ogʻziga kelganini valdirashga boshladi. Har munosabat bilan oʻzini maqtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tavhidiy bir munosabat tugʻdirib piyolaga yozib bergan sheʼri haqida gapirdi. A. Qahhor, Millatchilar
MUNOSABAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУНОСАБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
munosabat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar