silki
bilan ulashing
Kuch bilan u yon-bu yonga siltamoq, keskin tebratmoq.
-
Qizning nazarida, ona perronda hamon roʻmol silkib turgandek edi. S. Ahmad, Mehribon
-
Maysalarni silkib, shitirlab birdan Yugurib oʻtdi yel — bezovta, sergak. X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Sidiqjon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning jilovini silkidi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
silki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh silkimoq
-
Tursunboy ota egarga qiyshiq oʻtirib, xirgoyi qila boshladi. Ot qoʻshiq maqomiga bosh silkib, asta-sekin yoʻrtib ketmoqda. S. Ahmad, Hukm;
-
Sekretar ham uning gapini tasdiqlagandek, vazmin bosh silkib qoʻydi. Sh. Gʻulomov, Qalb undaydi
Etak silkimoq
Qanot silkimoq
Qoʻl silkimoq
-
Hamma koʻchada. Hamma unga oq yoʻl tilab, koʻl silkimoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ali tajang umidsizlarcha koʻlini silkib, turib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
SILKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar