silliq
bilan ulashing
1. Tekis, tep-tekis, gʻadir-budursiz.
-
Tosh shu qadar silliqki, goʻyo haykaltarosh xoʻp hafsala bilan yoʻngan-u, koʻtarolmay tashlab ketgan deysiz! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Sherali Ogʻajonga qoʻl uzatib koʻrisharkan, uning xotinlarnikidek silliq yuziga qarab, eshitilar-eshitilmas gʻoyat mamnunman, deb qoʻydi odob yuzasidan. S. Karomatov, Oltin qum
2. Sirpanchiq, sirgʻanchiq, oynadek.
-
Silliq muz.
-
[Bektemir) Nam, silliq qiyalikdan sirpanib, yana suvga shalop etib tushdi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Bejirim, tekis, jiloli.
-
[Joʻraxonning] Durrasi silliq sochlaridan sidirilib, pastga tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma s. t. Qad-qomati kelishgan, bejirim, chiroyli.
-
Sirti silliq juvon.
-
Durust, silliqqina yigit ekan, deb oʻyladi u yuragi tirnalib. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Olimxon zamonasiga muvofiq, oliftanamo, yoshiga nisbatan chiroyli, silliq kishi edi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Kamchiliksiz, ravon (til, uslub, nutq va shu kabilar haqida).
-
Silliq uslub. Silliq gapirmoq. Silliq nutq.
-
Pochchayevning toʻgʻri, silliq gaplari uzoqdan dona-dona yangrab eshitilardi. A. Muxtor, Tugʻilish
6. Kishiga yoqadigan, qattiq tegmaydigan, yumshoq.
-
Silliq muomala.
-
[Sobir aka:] Silliqqina qilib javob berdim. Sen nima deysan, ayasi?0. Yoqubov, Pyesalar
7. Muammosiz; koʻngildagidek, toʻsiqsiz; bekam-koʻst; bejanjal.
-
Ammo oldindan tuzilgan rejalar hamisha ham silliqqina amalga oshavermaydi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Bu uchinchi xotinimdan ham xamirdan qil sugʻurgandek — silliqqina qutulmoqchi edim, biroq otim ishning pachavasini chiqarib qoʻydi. Mushtum
8. Tovushsiz; sezdirmasdan.
-
Dilimardon mushukday silliqqina kirib kelganini va sinf jurnalini almashtirayotganini hech kim sezmay qoldi. Gazetadan
9. maxs. Bir tekisda, bir maromda, ravon, shovqinsiz.
-
Toʻgʻri, ishni qoyil qilasan, mashinalar doim silliq aylanadi. F. Musajonov, Kamtarin ishchi
silliq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Silliq koʻchmoq
-
Ishning silliq koʻchayotganidan boshi koʻkka yetgan Vafo attor: Xoʻsh, xoʻsh, bajonidil, bajonidil, deya u bilan uzoq xayrlashdi. N. Aminov, Qahqaha
Suvdan silliq chiqmoq
-
U tashvishdan, toʻgʻrirogʻi, javobgarlikdan oʻzini xoli qilish maqsadi-da tanqid qilingan va qilinmagan choyxonalarning deyarli hammasini berkitishni lozim topdi. Moʻminov goʻyo bu bilan suvdan silliq chiqmoqchi boʻldi. Gazetadan
SILLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar