silliqla
bilan ulashing
1. Turli materiallar (metall, tosh, yogʻoch va boshqalarga) ishlov berish bilan ularni silliq qilmoq, sayqal bermoq.
-
Toshni silliqlamoq. Yaxmalakka suv sepib silliqlamoq.
-
U toldan qilingan yangi ketmon sopini oyna bilan qirtishlab silliqlar, xayolida esa Eralini achitib olayotgan edi. A. Muhiddin, Gʻanisher
2. koʻchma S. t. Qayta ishlab, kamchiliklardan xoli, bekam-koʻst, ravon qilmoq.
-
Uslubni silliqlamoq. Tilni silliqlamoq.
-
Gulnor oʻz doʻsti, sirdoshi Zaynab bilan maslahatlashib, Yoʻlchiga xat yozishga qaror qilgan va soʻzlarini aytib turgan; otin qiz esa, Gulnor soʻzlarini silliqlab, qogʻozga koʻchirgan. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Qoʻpol, dagʻal gapni toʻgʻrilamoq, yumshatmoq.
-
— Dadangiz shunchalik degan boʻlsalar, xudo xayr bersin, — dedi Sidiqjon, qoʻpol ravishda aytgan gapini silliqlash uchun A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
SILLIQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛЛИҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silliqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar