silji
bilan ulashing
1. Joyidan qoʻzgʻalmoq, surilmoq.
-
Nariroq siljimoq.
-
Hozir Krilovning mashhur masali esimga tushdi: oqqush, choʻrtanbaliq va qisqichbaqa aravani uch tarafga tortadi-yu, arava hech siljimaydi. Sharq yulduzi
-
[Boʻlim mudiri] Shunday kuldiki, yupqa gardishli koʻzoynagi siljib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
2. koʻchma Ketmoq, joʻnab ketmoq.
-
[Oftob oyim:] Yanglishyapsiz, oyi! — [Oʻzbek oyim:] Yanglishsam, yanglishmasam, Kumush bu uydan siljimaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Bir tarafga qarab harakatlanmoq, ilgarilamoq.
-
Poyezd janubga qarab siljir edi. Gazetadan
-
Erimbet choʻkkalaganicha, eshik tomonga siljidi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Tumanlar siljiydi misli oq uyur, Parchin bulutlar-u oʻtloqlar bedor. X. Davron, Bolalikning ovozi
4. Sizib oʻtmoq, sizmoq, sizgʻimoq.
-
Shipdan suv siljib tomchilamoqda.
-
Qalin tok barglari orasidan siljigan quyosh nurlari uning yuzida, sochlarida tovlanib oʻynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Rivojlanmoq, ilgari bosmoq.
-
Tarjima nazariyasi soʻnggi davrda jiddiy tarzda oldinga siljidi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
Shu tarzda ishlar juda sekin siljidi. P. Qodirov, Uch ildiz
SILJI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛЖИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silji so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar