nafis
bilan ulashing
1. 1 Goʻzal va nozik, latif.
-
Nafis gazlama.
-
Shamol nafis yaproqlarni uzadi, havoda, erkinlikda birpasgina ular bilan oʻynashib, erkalab, soʻng yerga tashlaydi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Uning [Kumushning] nafis qora sochlari orqa-oʻngiga toʻzgʻib, ajib bir manzara berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Nozik va yoqimli.
-
Ikkovining koʻzlarida ehtiros chaqmoq chaqar, ulardan goʻyo bahor gullarining nafis hidi anqirdi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Badiiy jihatdan juda yuksak, goʻzal va nozik.
-
Nafis ish.
-
Shoirning nafis sheʼrlari hozir uning uchun tuzsiz soʻzlar yigʻindisidan boshqa bir narsa ham emas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. eskirgan, aynan Badiiy.
-
Oʻrtoq Baqoyev oʻylab turib soʻradi: — Nafis adabiyot darsini sizlarga kim beradi? A. Qahhor, Adabiyot muallimi
NAFIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАФИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nafis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar