nafas
bilan ulashing
1. Uzluksiz biologik jarayon, yaʼni oʻpkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo; dam, tin.
-
Soʻnggi nafas. Ogʻir nafas olmoq.
-
Yana yurak oʻynab, nafas boʻgʻizga tiqildi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
-
— Juda jabr qiladi, dedi Siddiqjon chuqur olgan nafasini gap bilan boʻshatib. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sovuq, shamolda shovullab turgan qamishzor manzarasi ochilishi bilan Botirali muzdek havodan toʻyib-toʻyib nafas oldi-da, toʻqayga kirib ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma s. t. Boʻlajak ish haqida ogʻizdan chiqqan gap, izhor qilingan niyat.
-
Yomon nafas.
-
[Xadicha Dadavoyga:] Nafasingizni sovuq qilmang. Uygʻun, Navbahor
-
Nafasingizni issiq qiling. N. Safarov, Hayot maktabi
3. Juda qisqa vaqt; lahza, on.
-
Bir nafasda. Bir nafasga. Nafas oʻtmay.
-
Bulutli, xomush oqshom zulmati nafas sayin quyuqlashib, bahaybat qop-qora qanotlarini ufqlar ustiga tez yoyib kelmoqda. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mana, Mehriniso opa biladilar, onam meni bir nafas oldidan qoʻzgʻatgisi kelmaydi. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
4. etn. Duoxon, azayimxon va shu kabilar solgan dam kuchi.
-
Uyimizda bir bechora bemor bor, shaytonlab yotibdi, taqsir, borib dam solib keling, shoyad nafasingizdan shifo topsa. Oybek, Tanlangan asralar
5. Hid, is.
-
Qishi bilan tor uylarda diqqinafas boʻlgan kishilarning dimogʻiga adirlardan giyohlarning xushboʻy nafasi kelib uriladi. S. Ahmad, Hukm
6. Harorat, ob-havo.
-
Yaqinlashib kelayotgan qishning nafasi tevarak-atrofda kezib yuribdi. Gazetadan
nafas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nafas yoʻllari
Nafas chiqarmaslik yoki nafasini oʻchirmoq
-
Shuhujraga qamallaring. Kunduzi nafas chiqarmaysanlar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Nafasingni oʻchir! Tuf, tuf! — dedi Buviniso koʻksiga tuflab. P. Tursun, Oʻqituvchi
Nafasi ichiga tushib ketmoq
-
Oralaringizda anchagina gap oʻtgan ekan. Shuning uchun ham siz u yerga kirib borishingiz bilan nafaslari ichlariga tushib ketgan ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
Nafasi uzildi
-
Eshon Shayxullo duo oʻqir, bemor kampirning nafasi uzilmay, uyiga yetib olishini xudodan tilardi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka
Nafasini rostlamoq
Nafasing oʻzingga ursin
Oʻtkir nafas(li)
-
Bundan uch oy ilgari, Nurini oʻtkir nafasli domlaga olib borgan kun, tashqari hovlida qorda choʻqqayib idish yuvgan bu qizga uning koʻzi tasodifan tushgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
NAFAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАФАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nafas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar