nari
bilan ulashing
1. Soʻzlovchidan yoki soʻz borayotgan payt yo oʻrindan uzoq, olis.
-
Nari tur. Hechqisi yoʻq, bir kun nari, bir kun beri. Vokzaldan nari. Toshkentdan nari.
-
Anvarni oʻzlari turgan mahalladan bir guzar nari boʻlgan Solih maxdumning maktabiga berdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qizlar endi nari yot, beri yot bilan bir-birlarini itarib, surib, koʻrpani toʻrt tomonga tortishib, janjallasha boshladilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2. (ch. k. bilan) koʻm. vzf. Keyin; oʻtgach.
-
Maktabdan narimi, berimi?
nari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzdan nari
-
Koʻzdan nari — koʻngildan nari. Maqol
Nari borsa yoki narisi bilan
-
Narisi bilan, oʻn kunlik ish.
-
U [xotin] istarasi issiqqina, nari borsa, yigirma besh yoshlarda edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Nari olib borib, beri olib kelmoq
-
Ovqat hazm boʻlmay, meni nari olib borib, beri olib keldi.
Nari tursin
-
Bizda miltiq nari tursin, bir kosov ham yoʻqligini oʻzingiz yaxshi bilasiz. S. Ayniy, Qullar.
Undan nari(ga)
-
Kelsa kelar, kelmasa undan nari(ga).
Xayolidan (yoki koʻz oldidan) nari ketmaslik
-
Ostonada oʻsha qiz, shuncha kundan buyon uning xayolidan nari ketmay qolgan oʻsha qizning oʻzginasi turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Uyda yolgʻiz oʻtirganida ham, ishda ham Gulxayrining nazokatli boqishlari, haroratli lablari koʻz oldidan nari ketmay, yuragiga oʻt tutashadi. S. Nurov, Narvon
NARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar