naridan-beri
bilan ulashing
1. Shosha-pisha; yengil-yelpi.
-
[Usta] Bir piyola choyni naridan-beri ichdi-da, oʻrnidan turdi. O. Yoqubov, Larza
-
U [Sidiqjon] yuragi gʻash boʻldi-da, otxonadan otni olib chiqdi, naridan-beri egarladi-da onasining ketidan ot qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Chalakam-chatti, chala-chulpa, mendan ketguncha, egasiga yetguncha zaylida.
-
Har qanday masalani oʻzboshimchalik bilan naridan-beri hal qilishga tirishadigan Tojiboy bu safar biror kimsaning maslahatiga, qoʻllab-qoʻltiqlashiga muhtoj boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
NARIDAN-BERI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАРИДАН-БЕРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
naridan-beri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar