niqobla
bilan ulashing
1. Niqob tutib, tanib, bilib boʻlmaydigan, koʻrinmaydigan qilmoq.
-
Suvonjon qopqonni inning shunday oldiginasiga, tulki boshini chiqarishi bilan bir parcha goʻshtni koʻradigan qilib oʻrnatdi. Oʻt-choʻp bilan niqobladi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. harb. Qoʻshinlarni, harbiy obyektlarni dushmandan berkitish, oʻz harbiy kuchlari, ularning tarkibi, joylashish oʻrni haqida dushmanni chalgʻitish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrmoq.
3. koʻchma Yashirmoq, pardalamoq.
-
Chet ellik baʼzi arboblar keyingi vaqtlarda zoʻr berib hiyla-nayrang ishlatmoqdalar, oʻz maqsadlarini va niyatlarini niqoblamoqdalar. Gazetadan
NIQOBLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИҚОБЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan NIQOBLA so‘ziga berilgan ma’nolar
niqobla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
niqobla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing