niqob
bilan ulashing
1. Oʻzini tanitmaslik yoki himoya qilish uchun yuzga tutiladigan, kiyiladigan narsa; maska.
-
Karnaval niqobi.
-
Ungur qaziyotgan boyoqishlarning yuzlari chaqmoqdan yara, gʻurra boʻlib ketibdi, shuni tutib olib ishlashsin, deb qildim, — dedi Qudrat, temir niqobni chollarga uzatib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ey mohtob, ochgil niqob, Karnavalda yangrar soz. T. Toʻla
2. Maxsus tikilgan jild, qoplama.
-
Uch derazali katta kabinet, baland suyanchiqli stullarga, yumshoq kreslolarga oq niqob yopilgan. P. Qodirov, Uch yulduz
3. koʻchma Haqiqatni, haqiqiy hol, qiyofa va shu kabilarni pardalovchi, yashiruvchi narsa, vosita.
-
Niqobini olmoq.
-
Ha, uzoq yillar mobaynida [Erkinning otasi] bolshevik niqobida yurgan. T. Malik, Iblis devori
-
[Mutavalli] Yuzidagi gʻazab va norozilik alomatlarini joʻrttaga yoʻqotib, yasama shodlik niqobini kiyib olibdi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Bu hol [Homidning] sirini ochar, yuzidagi niqobini olishga, raqiblar ila yuzma-yuz kelishga majbur etar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
NIQOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИҚОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
niqob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar