niqta
bilan ulashing
1. Tayoq sanchib yoki oyoqlari bilan ikki yoniga tepkilab, yurishga, ilgarilashga undamoq (ot-ulovni).
-
U (otliq) sherigidan qolmaslik uchun otining tizginini siltaydi, oyogʻi bilan uning bagʻriga niqtaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Qoʻl yoki oyoq uchi bilan turtmoq.
-
— Gʻaflatda qolmay oʻling, otasi, — dedi erining boshiga niqtab. — Laylatulqadr bizlarni izzat qilib, oʻz oyogʻi bilan uyimizga kirib kelgan ekan. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
-
Baland boʻyli, paxmoq sochli, dov kazak askarlar xalqni urib, niqtab, orqaga surishga kirishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tigʻizlab joylamoq, mushtlab tiqmoq.
-
Qodir, niqtab paxta tiqilgan qanorning ogʻzini tikib, taroziga keltirib qoʻyardi. S. Mahkamov, Dala tongi
NIQTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИҚТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
niqta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar