non
bilan ulashing
1. Xamirdan tayyorlanib, tandir, oʻchoq, tova va shu kabilarda pishiriladigan yegulik.
-
Bugʻdoy non. Zogʻora non. Shirmoy non. Boʻlka non.
-
[Kampir] Non yasab boʻlguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Umuman, yegulik-ichgulik, yashash, tirikchilik uchun zarur narsa.
-
— Matqovul aka, men non toparmikanman, deb qorin gʻamida maktab ochganim yoʻq, — dedi u [Gʻulomjon] bosigʻi bilan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
non soʻzi qatnashgan jumlalar:
Non gadoyi
-
U yo oʻz-oʻzini oʻldirardi, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga qochib, kambagʻallikda, non gadoyi boʻlib yashardi. Oybek, Tanlangan asarlar
Non yemoq
-
Doim hovli, yer janjalidan non yeb yuradigan bir ellikboshi, afandining yoʻlini toʻsib, koʻrgan tushini aytib berdi. Latifalar
Non sindirish (yoki ushatish
Noni butun
-
Sartarosh u dunyo, bu dunyo xor boʻlmaydi. Hamma vaqt noni butun [dedi kampir Shodiga]. E. Raimov, Ajab qishloq
Noni yarimta
-
Nima, Qobilov kelib, nonimiz yarimta boʻlib qoldimi, aksincha, qoʻlni-qoʻlga berib ishlasangiz, bitta noningiz ikkita boʻladi. S. Mahkamov, Shogird
Nonini tuya qilmoq
-
Boʻshanglik qilsam, nonimni tuya qilib berishlari aniq, — oʻyladi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar.
NON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
non so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar